SOLIKAMSK

SOLIKAMSK — RF Perm viloyatidagi shahar. Kama daryosi chap sohilidagi pristan. T. y. stansiyasi. Elektrlashtirilgan t. y. liniyasi opkali Perm va Yekaterinburg shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 106,6 ming kishi (1998). «Silvinit» i. ch. birlashmasi (kaliy tuzlarini qazib olish va qayta ishlash); sellyulozaqogʻoz k-ti, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, magniy, kema taʼmirlash z-dlari, shahar chetida parrandachilik f-kasi bor. Bir nechta oʻrta maxsus bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.

Shahar 1430-y. da komipermyaklar qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan va dastlab SolKamskaya yoki UsolyeKamskoye deb atalgan. 16—18-a. larda Rossiyadagi eng yirik tuz olish markazlaridan biri boʻlgan. 1925-y. da Solikamsk yonida kaliy tuzlarining yirik koni ochildi. 1933-y. da kaliy k-ti mahsulot bera boshladi. 1936-y. da kaliy k-ti asosida magniy z-di vujudga keldi.

Solikamskda qadimgi rus meʼmorligi yodgorliklaridan Bogoyavleniye cherkovi (1687—95), Troitsa sobori (17-a. oxiri), Voyevoda uyi va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x