Shahzoda — Sening shahringda

Bahor gullari ochildi,
Hidlari har yon sochildi.
Sog`ingan dillar sevinchi
Bugun boshqacha, bugun boshqacha.

Sog`ingan dillar sevinchi
Bugun boshqacha, bugun boshqacha.

Ayni go`zal davringda,
Ko`z tegmasin baxtingga.
Olisda emas, yoningda
Shahzoda sening shahringda. (x2)

Buxoro, Jizzax assalom,
Samarqand, Andijon assalom.
Navoiy, Qarshi, Guliston,
Marg`ilon, Qo`qon assalom.

Farg`onam – yagonam assalom,
Surxonim – durdonam assalom.
Lazgidek erka Xorazm,
Gul shahri Namangan assalom.

Sizga aytar qo`shiqlarim
Yarmi baxtim, yarmi dardim.
Yurakdagi shirin zavqim
Bugun boshqacha, bugun boshqacha.

Yurakdagi shirin zavqim
Bugun boshqacha, bugun boshqacha.

Ayni go`zal davringda,
Ko`z tegmasin baxtingga.
Olisda emas, yoningda
Shahzoda sening shahringda. (x2)

Buxoro, Jizzax assalom,
Samarqand, Andijon assalom.
Navoiy, Qarshi, Guliston,
Marg`ilon, Qo`qon assalom.
Farg`onam – yagonam assalom,
Surxonim – durdonam assalom.
Lazgidek erka Xorazm,
Gul shahri Namangan assalom. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x