SERKALISOY

SERKALISOY (Teraklisoy) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Oqbuloq daryosining oʻng irmogʻi. Unga chap qirgʻoqsan (boshlanishidan 7,4 km da) quyiladi. Uz. 35 km, havzasining mayd. 449 km2. Chatqol tizmasining shim. gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Boshlanishidan Zimnonsoy, quyilish joyigacha Teraklisoy deb ataladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻirdan toʻyinadi.

Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilishida 8,05 m3/sek., oqim moduli 17,9 l/sek, km2. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 12 m3/sek. dan (sersuv yilda) 6,66 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Suvining sutkalik eng koʻp sarfi mayda, baʼzida apr. da kuzatiladi. Mart oyidan iyul oxirigacha sersuv boʻladi, baʼzan toshadi. Toshqin davrida sutkalik eng koʻp suv sarfi 10—20-marta koʻp boʻlishi mumkin. Qish sovuq kelganda suvning qirgʻoqqa yaqin joylari muzlaydi va suv yuzida mayda muz parchalarining oqishi kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x