SELUNGUR GʻORI

SELUNGUR GʻORIFargʻona vodiysi Soʻx tumanidagi qad. manzilgoh. S. gʻ. Fargʻona sh. dan taxm. 100 km jan. gʻarbida, Haydarkonning gʻarbiy chekkasida joylashgan. Bu ulkan gʻorning chuq. 120 m, kengligi 34 m va bal. 25 m. Arxeologik qazish ishlari 1980-y. dan buyon olib borilyapti. Gʻorda 20—40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30—100 sm) bilan boʻlingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur gʻorda 5-marta yashaganlar va vaqtvaqti bilan oʻz maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu yerdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari (10 ta tish va. yelka suyagining boʻlagi) ning boy kolleksiyasi topildi. Ushbu kolleksiyada qoʻl choʻqmori, yirik tosh qirgʻichlar va pichoklar, koʻp miqdorda oʻyibkertib ishlangan tishsimon qurollar mavjud. Ular, asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sut emizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qad. davr tabiiy sharoiti, iqlimi xronologik davrini aniqlashga erishildi.

Selungur gʻoridan topilgan materiallar kompleks oʻrganilib, pastki qatlamlarining sanasi 1,5 mln. yil deb belgilanadi. Bunga qadar Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixi oʻrta paleolit davridan (mil. av. 100 ming yildan) boshlanardi.

Oʻtkir Islomov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x