SAZERLEND

SAZERLEND (Sutherland) Erl Uilbur (1915.19.11, Berlingeym, Kanzas — 1974, Nashvill, Tennessi) — amerikalik biokimyogar va farmakolog. AQSH milliy FA aʼzosi. Klivlend (Ogayo)dagi Gʻarb un-ti tibbiyot maktabida boʻlim mudiri va prof. (1953 — 63). 1963-y. dan Nashvildagi Vanderbilt un-ti tibbiyot maktabida fiziologiya prof. Ilmiy faoliyati uglevodlar almashinuviga oid. Hayvonlar toʻqimasida siklik 3ʻ, 5ʻ adenozinmonofosfat (sAMF)ni kashf etgan (1957) va uning gormonlar taʼsiri mexanizmida ahamiyati borligini anikdagan. Nobel mukofoti laureati (1971).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x