SAVRI SURXONI

SAVRI SURXONI — ertapishar mahalliy gilos navi. Shoxshabbasi gʻuj, asosiy shoxlari oʻrtacha yoʻgʻonlikda. 20 yoshida bal. 10 m dan ortadi. Barglari oʻrtacha, tuxumsimon, gullari yirik, toʻpgulda 2—3 tadan joylashgan. Mevasi apr. oxiri — mayning loʻn kunligida pishadi. Mevasi yumaloq, yuraksimon, shirali, poʻsti yupqa, yaltiroq, toʻq qizil. Tarkibida 18% gacha qand, 0,32—1,28% kislota va S vitamini bor, vazni 3—3,5 g. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosil beradi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Oʻzbekistonda apr. boshlarida gullaydi. Toʻliq hosilga kirgan daraxti 50—60 kg gacha hrsil beradi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi. Kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli. Asosan, tomorqa bogʻlarga ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x