SAPROFITLAR

SAPROFITLAR (yun. sapros — chirigan va phyton — oʻsimlik) — ulik obyektlardan oziq manbai sifatida foydalanadigan mikroorganizmlar. S. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, tuproq, havo, suvda, odam va hayvonlar organizmida uchraydi. Odatda, Saprofitlar kasallik qoʻzgʻatmaydi. Lekin odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega boʻlgan saprofit hayot kechiruvchi mikroblar ham uchraydi. Sogʻlom odam organizmida xam Saprofitlar koʻp boʻladi. Tabiiy immunitet mexanizmi buzilganda baʼzi Saprofitlar oʻzi yashab turgan aʼzolardan organizmning boshqa toʻqima va aʼzolariga oʻtib, kasallik (mas, sepsis, meningit) qoʻzgʻatishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x