SADOIY

SADOIY Mirhasan (18-a. 2-yarmi — Fargʻona — 1820) — shoir. Hayoti va ijodiga oid ayrim maʼlumotlar Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida uchraydi. Huvaydoning shogirdi, koʻpchilik sheʼrlari uning gʻazallariga hamohang. Hofiz, Navoiy, Mashrab adabiy anʼanalarini davom ettirgan, gʻazallariga naziralar bitgan. Sheʼrlarida dunyoviy sevgi, doʻstlik, axloqiy fazilatlar, ilm-maʼrifat kuylangan, ijtimoiy nohaqliklardan shikoyat qilgan. Lirikasi ham ijtimoiy mavzuda («Salom», «Boʻlmadi» va b.). Bizgacha 168 gʻazal, 1 muxammas, 1 musaddas, 1 muvashshah, 2 chiston — 1800 misradan iborat devoni (Toshkent, 1916) yetib kelgan, qoʻlyozmasi topilmagan.

Ad.: Qayumov A., Qoʻqon adabiy muxiti, T., 1961; Asrlar nidosi, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x