ROTATOR

ROTATOR (lot. roto — aylantiraman) , mimiograf — 1) matn, chizma, racm va b. dan nusxa koʻchiriladigan apparat. R. da bosma qolip sifatida yozuv mashinasida (yoki maxsus pero bilan qoʻlda) mum folga (voskovka) ga yozshtgan, shuningdek, fotomexanik, fotoelektrik yoki galvanik usullarda tayyorlanadigan trafaret ishlatiladi. Trafaret Rotator dagi boʻyoq surkalgan silindrga tarang tortiladi. Silindr b-n birga aylanadigan val trafaretga qogʻozni qisadi. Shunda silindrdagi boʻyoq trafaretdagi yozuv yoki tasvir teshiklaridan oʻtib, qogʻozga tushadi. Rotatorda soatiga 6 minggacha kichik formatli nusxalar olish mumkin;

2) biror markaz yoki oʻq atrofida bir meʼyorda aylanadigan jism.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x