RONA

RONAShveysariya va Fransiyadagi dare. Uz. 812 km, havzasining mayd, 98 ming km2. Alp toglaridan boshlanib, Jeneva koʻli, Rona pasttekisligidan oqib oʻtib, Oʻrta dengizning Lion qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoklari: Sona, Izer, Dyurans. Quyilish yeriga yaqin joyda suv sarfi 1780 m3/sek., bahor va yozda toʻlib oqadi. Ronaning gidroenergetika, transport va irrigatsiya ahamiyati katta. Rona va uning irmoqlarida GES kaskadlari qurilgan. Ena daryosi quyilish joyidan boshlab quyi qismida kema qatnaydi. Sona daryosi va kanallar orqali Reyn, Mozel, Marna, Sena, Luara daryolari bilan tutashgan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Rona boʻyida Jeneva, Lion, Avinyon, Arl sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x