RIGA

RIGALatviya Respublikasidagi shahar. Respublika poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markaz, t. y. tuguni, dengiz porti. Daugava (Gʻarbiy Dvina) daryosi sohilida, uning Riga qoʻltpigʻita quyilish joyida. Yanv. ning oʻrtacha trasi —4,5°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori — 649 mm. Mayd. 307 km. Aholisi 764 ming kishidan ziyod (2000). Olti shahar tumanidan iborat.

Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Riga 10—11-a. larda vujudga kelgan. Shahar sifatida 1201-y. da tilga olingan. 13 — 16-a. larda Riga arxiyepiskopligiga boʻysundirilgan. 14-a. boshida Ganzatarkibiga kirgan. 1561-y. gacha Livon ordeni tarkibida. 1561-y. dan erkin shahar, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 1581-y. da Rech Pospolita xukmronligi ostiga oʻtgan. 1621-y. shvedlar tomonidan bosib olingan. Rigani Shimoliy urush davrida 1710-y. 14-iyulda rus qoʻshinlari egallagan. 1714-y. dan Riga, 1796-y. dan Liflyandiya gubernyasining markazi. 18-a. oxirida R. Rossiyaning eng yirik porti va savdo markazi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yirik sanoat markazlaridan biri. Riga 1919-y. dan Latviya Respublikasi poytaxti, 1940—90 y. larda Latviya SSR poytaxti, 1990-y. maydan yana Latviya Respublikasi poytaxti.

Mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, kimyofarmatsevtika, yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari bor. Parfyumeriyakosmetika zdi faoliyat koʻrsatadi, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Riga — baliqsanoatining yirik markazi. Konservakulinariya va sardina zdlari, baliqchilik portida tral va refrijerator floti bazalari ishlab turibdi. Riga porti muqim ahamiyatga ega. Daugavada kemalar katnaydi. 2 aeroport bor.

Shahar eski va yangi qismlarga boʻlinadi. Eski Riga hududida oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan Dom cherkovi (13-a.), Yekaba (13-a.), Yan (manbalarda dastlab 1297-y. da tilga olingan) va Peter (13—15-a. boshlari) cherkovlari, Orden qasri (14—19-a. lar), 15—18-a. lar turar joylari, Birodarlik kabristoni memorial majmui (1924—36 y. lar) va b. saqlanib qolgan. Rigada 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Latviya un-ti, Riga texnika un-ti, konservatoriya), Riga BA (Yevropada eng koʻhna akademiyalardan), 21 muzey (shu jumladan, Latviya tarixi muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Tabiat muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Badiiy muzey, Etnografiya muzeyi va b.), 9 teatr (shu jumladan, Latviya Milliy operasi teatri), filarmoniya, sirk, telemarkaz, kinostudiya bor. Shahar markazida 2004-y. apr. da Mirzo Ulugʻbekka haykal oʻrnatilgan. Riga yaqinida Yurmala kurorti faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x