Rahmonov Darvishbek O‘rinboyevich

Tarjimai hol

Rahmonov Darvishbek O‘rinboyevich — O‘zbekiston sirk san’ati arbobi, “Qaldirg‘och” namunali sirk truppasining badiiy rahbari.

Darvishbek Rahmonov 1952 yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. 1981 yil Toshkent estrada-sirk san’ati studiyasini a’lo baholar bilan tamomlagan. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Qaldirg‘och” namunali sirk truppasining badiiy rahbari va tashkilotchisi hisoblanadi. “Qaldirg‘och” sirk truppasi bevosita uning rahbarligida butunittifoq tanlovlarida Lenin komsomoli sovrindori bo‘lib kelgan, Respublika tanlovlarida 4 marta birinchi o‘rinni, 2 marta ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib kelgan.

Rahmonov — bir qancha orginal sirk sahnalarini yaratuvchisi, u yetishib chiqargan 10 dan ortiq shogirdlari ko‘pgina dunyo mamlakatlari sirklarida ishlab kelmoqda. Ular orasida kuchli polvonlarni aytib o‘tish darkor. “Qaldirg‘och” truppasi chiqishini O‘zbekiston televideniyesining o‘nlab eshittirishlarida namoyish etilgan.

San’at va madanyat rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak baholanib Darvishbek Rahmonov 2002 yil 26 avgust O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Farmoniga ko‘ra, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

 Darvishbek Rahmonov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi. 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x