QALAY

QALAYMendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 50, at. m. 118,710. Tabiiy Qalay 10 ta izotopdan iborat: P25p (0,96%), p45p (0,66%), p55p (0,35%), P(,8p (14,30%), «78p (7,61%), ||85p (24,03%), ««5p (8,58%), |j5p (32,85%), sh5p (4,72%), |245p (5,94%). Oxirgi izotop kuchsiz radioaktiv (Rnurlanuvchi, T,/2>1016—1017 yil).

Qalay qadimdan maʼlum; uning mis bilan qotishmasi — bronza (tunj)dan odamlar miloddan qariyb 4 ming yil ilgari foydalana boshlaganlar.

Q. Yer poʻstining massa jihatidan 8T0~3% ini tashkil etadi. Q tabiatda erkin holda deyarli uchramaydi. Uning 24 ta minerali maʼlum, shulardan muhimi qalaytoshkassiterit 5p02 va stannin Si2Gʻye5p54.

Qalay — havoda asta-sekin xiralashadigan yaltiroq oq metall; zichligi 7,29 g/ sm3. 2 modifikatsiyasi bor. 0modifikatsiyasi (oq tusli) 13,2° dan yuqori trada barqaror; u tetragonal shaklda kristallanadi. |3Q. sovutilsa, kub strukturali kulrang ssQ (zichligi 5,75 g/sm3)ga aylanadi. Kulrang Qalay suyuqlantirilganida oq Qalay hosil boʻladi. Qalayning suyuqlanish t-rasi 231,9°, qaynash t-rasi =2600°. Q. boshqa metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Oddiy trada havoda ham, kislorodda ham oksidlanmaydi; suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, kimyoviy jihatdan faol emas. Galogenlar bilan uchuvchan tetragalogenidlar (mas, 5pS14) hosil qiladi. Konsentrlangan xlorid kislotada qizdirilsa, 8pS12 hosil boʻladi (q. Qalay xloridlari). Konsentrlangan qaynoq sulfat kislotani 802 ga qadar qaytaradi. Suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganida ammiakka qadar, konsentrlangan nitrat kislota taʼsirida 1 Yu2 ga qadar qaytariladi. Qalay zar suvidya juda yaxshi eriydi. Amfoter xossaga ega boʻlganligi uchun kuchli ishqorlarda erib stanninlarga; ishqorda oksidlovchilar ishtirokida eritilsa, kislota tuzlariga aylanadi. Qalay oʻz birikmalarida 2 va 4 valentli. 2 valentli Qalay birikmalari tez oksidlanishi sababli qaytaruvchilar sifatida ishlatiladi. Q birikmalaridan 8pO — qora tusli, 8p5 — toʻq jigarrang ( 8p8, — sariq tusli; Qalay sulfidlari); qolgan birikmalari deyarli rangsiz. Qalay kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriganida vodorod ajralib chiqadi.

Qalay rudalarida volfram, titan, lantanoidlar va boshqalar nodir metallarning qoʻshilmasi boʻladi. Bu rudalarni turli usullar bilan boyitib, tarkibida 50—70% Q. boʻlgan konsentrat hosil qilinadi. Konsentratda boʻlgan A$ va 5 ni yoʻqotish uchun 600—700° da kuydiriladi. Temir, vismut, surma va boshqalar qoʻshilmalardan tozalash uchun konsentratga konsentrlangan NS1 eritmasi qoʻshib ishlanganidan keyin, qoddiq koʻmir bilan maxsus pechlarda eritiladi; tarkibida Qalay bor toshqollar qayta ishlanib, xomaki Qalay olinadi (uning tarkibida 94—98% Q. boʻladi). Qalayni tozalashda 502, SO, A$203, A$N3 kabi zaharli moddalar ajralib chiqishi sababli mehnat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish lozim.

Ishlab chiqarilgan Qalayning 50% ga yaqini ikkilamchi metallardir. U oq tunuka chiqindilari, temirtersak va turli qotishmalardan olinadi. Qalayning 40% ga yaqini konserva sanoati uchun oq tunuka tayyorlashga sarflanadi, qolgan qismi esa kavsharlar, podshipnik va bosmaxona qotishmalari tayyorlashga ketadi.

Ad.: Bolshakov K. A., Fedorov P. I., Ximiya i texnologiya malnx metallov, M, 1984; Parpiyev N. A., Rahimov X. R., Muftaxov A. A., Anorganik kimyo, T., 2003.

Zikrilla Isaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x