PUSHTIRANG CHIRISH

PUSHTIRANG CHIRISH, gʻoʻza koʻsaklarining pushtirang chirishi — Tricho-thecium roseum Link. zamburugʻlari qoʻzgʻatadigan kasallik. Eng koʻp tarqalgan kasalliklardan biri. Koʻsak yetilishining turli davrlarida uchraydi. Chanoqlarda sargʻish pushti rangdagi gʻuborli dogʻlar hosil boʻlib, baʼzan koʻsaklarni batamom qoplab oladi. Koʻsaklar butunlay ochilmay-di yoki kechroq kasallanganda ularning uch tomoni yoriladi. Zamburugʻ koʻsak ichiga ham kirib, tolani chiritadi va kukunsimon mod-daga aylantiradi. Pushtirang chirish bilan kasallangan koʻsaklar qurigandan soʻng toʻkiladi. Pushtirang chirishning koʻplab rivojlanishiga ortiqcha sugʻorish natijasida vujudga keladigan namlik sabab boʻladi. Sovuq tushishi bilan koʻk koʻsaklarda Pushtirang chirish rivojlana boshlaydi.

Kurash choralari: gʻoʻzaga ishlov berishning agrotexnika qoidalariga rioya qilish; ularning yotib qolishiga yoʻl qoʻymaslik.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x