PTOZ

PTOZ (yun. ptosis — tushish) — koʻz muskullarining falajlanishi natijasida yuqori qovoqning salqib tushishi. Tugʻma yoki hayotda orttirilgan boʻladi. T u gʻ ma Ptoz, koʻpincha, nasldan-naslga oʻta-di, deyarli hamma vaqt ikkala koʻz qovogʻi salqiydi. Yuqrri qovoqni koʻta-ruvchi muskulning rivojlanmay qolishi gugʻma Ptozga sabab boʻladi. Hayotda orttirilgan Ptozda, koʻpincha, bitta koʻz qovogʻi salqiydi. Ptozning bu xili koʻzni harakatlantiruvchi hamda simpa-tik nervlar bilan innervatsiyalanadigan muskullar falajlanishi natijasida roʻy beradi. Ptozni davolashda unga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi. «Ptoz» termini qaysi aʼzoning nomiga qoʻshib aytilsa, shu aʼzoning tushishi tushuniladi (mas, buyrak P. i yoki nefroptoz va h. k.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x