PSKOV VILOYATI

PSKOV VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1944-y. 23 avg. da tashkil etilgan. Shim.-Gʻarbiy federal okrugiga kiradi. Rossii Yevropa qismining shim.gʻarbida joylashgan. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 760,9 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 66,1%. Markazi — Pskov sh. Boshqa yirik shaharlari — Velikiye Luki, Ostrov. Pskov viloyati tarkibida 24 maʼmuriy tuman, 14 sha-har, 14 shaharcha bor.

Viloyat hududining asosiy qismi tekislik. Lug (shim.-gʻarbda), Sudom (sharkda), Bejanis (jan.-gʻarbda, bal. 338 m gacha) qirlari mavjud. Ohaktosh, dolomit, mergel, gips, turli gillar va b. konlari, torf katlamlari bor. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7°, iyulniki 17°. Yiliga 650 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 120—130 kun. Yirik daryolari: Velikaya va uning irmoklari: Sorot, Cherexa, Pskova, Issa va b. Yirik koʻllari: Pskov, Chud; 1,5 mingdan ziyod mayda koʻl bor. Pskov viloyati janubiy tayga va aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan. Tuproklari, asosan, podzol va botqoq, daryo vodiylarida allyuvial-oʻtloqi tuproq, Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ga yaqinini egallaydi. Los, qobon, oq tovushqon, tulki, oʻrmon suvsari yashaydi. Qushlar, daryo va havzalarda leshch, sudak, choʻrtan, sig, nalim kabi baliq koʻp. Sebej milliy bogʻi mavjud.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, asosan, elektrotexnika (Rossiyada ishlab chiqariladigan kichik quvvatdagi elektrodvigatellarning 1/3 kismi, hamda payvandlash as-boblari, avtomobillar uchun elektrotexnika uskunalari, uy-roʻzgʻor elektr asboblari, elektr kabel, avtomat telefon styalari, radiodetallar), yengil (zigʻir tolasi, tikuvchilik, trikotaj), oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari. Eng yirik korxonalari: «Pleskova» (radiodetallar), «Pskovelektromash», «ELVO» (yuqori voltli apparatura); «TESO» (payvandlash uskunalari), «Avar» (avtoelektr-armatura), Velikiye Luki lokomotiv taʼmirlash z-di, mexanika uzatmalari (tishli gʻildirak, reduktor) z-dlari, «Impuls» (ishkrrli akkumulyatorlar), Pskov zigʻir k-ti, Velikiye Lukida trikotaj f-kasi, Dedovich issiklik elektr styasi. Bosh sanoat mar-kazlari — Pskov, Velikiye Luki, Ostrov, Nevel sh. lari. Q. x. da zigʻirchilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, sut chorvachiligi va choʻchqachilik rivojlangan. Suli, yemxashak ekinlari ekiladi. T. y. uz. 1092 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 9943 km. Chud va Pskov koʻllarida hamda Velikaya da-ryosining quyi oqimida kema qatnaydi. Pskovda xalqaro aeroport bor. 2 oliy oʻquv yurti, 10 muzey, 2 teatr va filarmoniya ishlab turibdi. Xilovo balneobalchiq kurorti, Izbor tabiiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi, Pushkin qoʻriqxonasi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x