PSILOFITSIMONLAR

PSILOFITSIMONLAR (Psiloghytales) — botqoqlik va quruklikda yashashga moslashgan qad. oʻsimliklar oilasi. Psilofitsimonlar qazilma qoldiklari dastlab 1859-y. da Kanadada, keyinchalik Shotlandiya, Shpisbergen, Kuzbass, Ural, Sibir, Oʻzbekiston (Turkiston va Nurota togʻlari)da Oʻrta silurdan devongacha boʻlgan yotqiziklardan topilgan. Poyasi dixotomik shoxlangan, ay-rim turlarida tikanga oʻxshash mayda barglari boʻlgan. Sporangiylari poyasi uchida joylashgan. Psilofitsimonlarga suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki poya va bargli oʻsimlik sifatida qaraladi. Qazilma Psilofitsimonlarning 7 oilasi, 18 turku-mi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turku-mi topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x