PROVAYDER

PROVAYDER (ing. provider) — kompyuterlarni internet tarmogʻiga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan shugʻullanadigan vositachi tashkilot. Internet axborotlari isteʼmolchilari soni koʻpaygan sari P. lar xizmatiga ehtiyoj ham ortib bordi. Telefon aloqadan tashqari optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali internet bilan bogʻlanish mumkin boʻldi. Oʻzbekistonda internet bilan ulanishga doyr axborot xizmatlari (P. lar) 1997-y. dan koʻrsa-tila boshladi. Dastlab, Naytov (http:// www.naytov.com), Istlink (http:// www.eastlink.uz) va b. koʻplab provayd-kompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekiston Respublikasining deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmogʻiga ulanish OʻzPAK Davlat kompa-niyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Oʻzbekistonda 50 dan op-tik, internet-P. lar roʻyxatga olingan (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x