PROTISTOLOGIYA

PROTISTOLOGIYA (yun. protistos — eng birinchi va… logiya) — biologiyaning bir hujayrali organizmlar — protistlarni oʻrganadigan boʻlimi. «Protistlar» terminini 1866-y. da nemis olimi E. Gekkel kiritgan va koʻp hujayrali oʻsimliklar va hayvonlar bilan bir katorda bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, bir hujayrali suv-oʻtlar va tuban zamburugʻlarni oʻz ichiga olgan Protistlar dunyosini taklif etgan. Hozir ayrim olimlar Protistlar dunyosiga faqat eukariot organizmlar: eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻ-tlar va zamburugʻlarni kiritishadi. Boshqa bir guruh olimlar Protistlar dunyosiga yadroli barcha suvoʻtlar va tuban zamburugʻlarni ham kiritishni taklif etishadi. «Protistologiya» termini baʼzan protozoologiya sinonimi sifatida ham qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x