PROLIN

PROLIN, a-pirrolidinkarbon kislota, C2H9O2N — rangsiz kristall modda. Mol. m. 115,1, suvda yaxshi, spirtda oz eriydi. 3 ta stereoizomeri maʼlum: D, L va DL (suyuklanish t-rasi 205° dan 222° gacha). Prolin almashti-rib boʻladigan aminokislota; kishi organizmida glutamin kislotadan sin-tezlanadi. Sintetik Prolinni turli usulda olish mumkin. L – P. barcha oqsillar tarkibiga kiradi. Prolamin (boshoqli oʻsimliklar doni)da, kollagenda, r-kazein va elastinda koʻp. Insulin, ad-renokortikotrop gormon, gramitsidin S va b. biologik ahamiyati muhim pep-tidlar tarkibiga kiradi. D – P. baʼzi alkaloidlar tarkibida boʻladi. DL – P. 1900-y. da nemis kimyogari R. Vilsh-tetter tomonidan sintez qilingan, nemis olimi E. Fisher 1901-y. da kazein gidrolizatidan ajratib olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x