PROKARIOTLAR

PROKARIOTLAR (lot. pro — oldingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayra-sida membrana bilan chegaralangan yadrosi boʻlmagan organizmlar. Prokariotlarga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar ki-radi. DNK, oqsil va RNK dan iborat yadro apparati sitoplazmada ochiq joylashgan. Genetik sistemasi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan boʻlib, primitiv xromosomaga moye keladi. Koʻpayishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi bilan birga yangi hujayralarga oʻtadi. Mitoz boʻlmaydi, xloroplastlar, endoplazmatik toʻr, mi-toxondriyalar, Golji apparati, sent-riollar uchramaydi. Hujayra devori asosi glikopeptid murendan iborat. Ribosomalari ancha kichik, eukariotlar xromosomalaridan oqsil soni va sedimentatsiya koeffitsiyenti bilan farq qiladi. Prokariotlar bir qator oʻziga xos spetsifik fiziologik jarayonlar, mas, havodan molekulyar azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim karashlarga binoan, Prokariotlar eukariot ajdodlari bilan birga eng qad. hayvonlarga kiritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x