PRERAFAELITLAR

PRERAFAELITLAR (yun. rgaye — ol-din va Rafael) — 19-a. 2yarmida oʻrta asrlar va Rafaelgacha boʻlgan Ilk Uy-gʻonish davri sanʼatidagi samimiylik, poklikni eʼtirof etib, akademizmga qarshi chiqqan ingliz rassomlari va yozuvchilar. 1848-y. da «Prerafaelitlar birodarligi»ni tashkil qilgan D(. G. Rossetti, J. E. Milles, X. Xant va b.). P. hayotni, oʻzidan, naturadan rasm ishlashga daʼvat qilgan; hayotni goʻzallashtirishga boʻlgan intilishi ijodda borliqni uslublashtirish va mayda k,ismlarigacha aniqishlanadigan bezakdorlikning hukmronligiga olib keldi. Mas, U. Morris hissiz mashina i. ch. ga qarshi jonli qoʻl mehnatini yaratishga harakat qildi. Prerafaelitlar gʻoyalari va amaliyoti adabiyotda simvolizm (U. Pater, O. Uayld) va tasviriy hamda amaliy bezak sanʼatida modern (O. Byordsli va b.) yoʻnalishiga turtki berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x