PRAVDA VOSTOKA

«PRAVDA VOSTOKA» («Sharq haqiqati») — Toshkent sh. da rus tilida chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kundalik gazeta. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Dastlab «Nasha gazeta» («Bizning gazetamiz», 1917-y. 15 apr. dan 1919-y. 12 apr. gacha), «Izvestiya SIK Turkestanskoy Respubliki i kraykoma KPT, SK Kompartii Turkestanskoy ASSR» («Turkiston Respublikasi MIK va Turkiston Kompar-tiyasi ulka komiteti, Turkiston ASSR Kompartiyasi MK axboroti», 1919-y. 12 apr. dan 1922-y. 20-iyulgacha), «Turkestanskaya pravda» («Turkiston haqiqati», 1922-y. 20-iyuldan 1924-y. 25 noyab. gacha) nomlarida chiqqan. 1924-y. 25 noyab. dan xrz. nomda. Sahifalarida q. x., sanoat, fan va madaniyat taraq-qiyoti, adabiyot va sanʼat, uzbek xalki tarixiga oid ilmiy, muammoli, tahliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik yillarida tarixning oʻqilmagan sahifalariga, Oʻzbekistonning yangi tarixiga koʻproq eʼtibor qaratiladi. Respublikadagi barcha viloyatlarda maxsus muxbirlari bor. Bosh muharriri — B. M. Hasanov. Adadi 10000 (2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x