POTSDAM

POTSDAM — Germaniyadagi shahar. Brandenburg yerining maʼmuriy markazi. Berlindan jan.-gʻarbdagi koʻllar boʻyida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Xafel daryosi boʻyidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatning tarixiy va mada-niy markazlaridan. Kinematografiya va televideniye oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor.

Potsdam yilnomalarda 10-a. dan tilga olingan. 13-a. da Brandenburg Markgrafligi tarkibiga kirgan. 15-a. da shahar huquqini olgan. 18-a. oxiridan Prussiya qirollarining yozgi qarorgohi.

Potsdamda 1945-y. da SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya davlat rahbarlarining konferensiyasi (Berlin konferensiyasi) boʻlib oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 18—19-a. larda qurilgan saroy va cherkovlar, shu jumladan, San-Susi saroybogʻ majmuasi (1745—62) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x