POTANIN Grigoriy Nikolayevich

POTANIN Grigoriy Nikolayevich [1835.22.9(4.10), Pavlodar yaqinidagi Yamishevo posyolkasi — 1920.30.6, Tomsk] — rus sayyohi, etnografi, folklorshunosi; Sibir va Markaziy Osiyo tadqiqotchisi. 1863—64 y. larda Rossiya Geografiya jamiyati tomonidan rus astronomi K. V. Struve rahbar-l i gida Zaysan koʻli va Tarbagʻatay tog tizmasiga uyushtirilgan ekspeditsiyada ishtirok etgan. 1876-77 va 1879-80 y. larda Mongoliyaning shim.-gʻar-biy qismiga va Tuvaga, 1884—86 va 1892—93 y. larda Xitoyning shim. ga, Tibetning sharqiga va Mongoliyaning markaziga va 1899-y. da Katta Xingan togʻlariga ekspeditsiya qilgan. Bu ekspedi-siyalar natijasida oʻsha paytgacha yaxshi oʻrganilmagan Markaziy Osiyo toʻgʻrisida keng geografik va etnografik maʼlumotlar olingan, katta gerbariy va zoologik kolleksiyalar toʻplagan. Potaninning, ayniqsa, Sibir va Markaziy Osiyodagi turkiy va mongol xalklarining hamda tangut, xitoy, dunganlarning madaniyati, urf-odati va sanʼati hakdda yiqqan materiallari kimmatli-dir. P. Markaziy Osiyo xalklarining eposi urta asr Yevropasining folklori va adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatganligini ilmiy asoslab bergan. Nanshan tizmalaridan biri va Oltoy togʻlaridagi muzlik P. nomiga koʻyilgan.

As: Puteshestviya po Mongolii, M., 1948.

Li.: Obruchev V. A. Puteshestviya Potanina, M., 1953.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x