POSTOYNSKAYAMA

POSTOYNSKAYAMA, Adelsberg gʻori — Sloveniyadagi karst gʻori, Dinara togʻligida, Postoyna sh. yaqinida joylashgan. Shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa yoʻnalgan Postoynska antikli-nalining rifli va qatqatli oxaktoshlaridan tuzilgan. Gʻorning kirish joyi 554 m balandlikda, uz. 16,4 km. Zal va galereyalari murakkab tuzilishga ega, manzarali stalaktit va stalagmit koʻp. Gʻor tepasida diametri 200 m li karst voronkalari joylashgan. Gʻordan Pivka daryosi oqib oʻtadi. Postoynskayama kurikxona deb eʼlon qilingan. Turistlar uchun ji-hozlangan (elektrlashtirilgan t. y. va oʻziga xos yoritish uskunalari qurilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x