POLIVANOV Yevgeniy Dmitriyevich

POLIVANOV Yevgeniy Dmitriyevich [1891.28.2 (12.3), Smolensk – 1938. 25.1, Moskva] — rus sharkshunos olimi. Bir paytning oʻzida Sharq akademiyasi (yapon tili boʻyicha, 1911) va Peterburg un-tining tarix-filologiya f-tini tugatgan (1912). Peterburg un-tida yapon tili boʻyicha privat-dotsent (1914 —16), Tashqi ishlar xalq komissarligi (1917— 18), Shim. viloyat Axborot byurosinint sharq boʻlimi (1920) singari turli muassasalarda xizmat qilgan. 1921-y. P. Toshkentga ishga yuborilgan vaTurkiston Respublikasi Davlat ilmiy kengashi raisining oʻrinbosari hamda un-t professori sifatida xizmat qilgan. 1923-y. dan boshlab Oʻrta Osiyo xalklari tillari bilan faol shu-gʻullangan. 1926-y. da Samarqandga kelib, Madaniy qurilish i. t. in-tida xizmat qiladi. 1931-y. shu institut bilan birga Toshkentga koʻchib keladi. Nihoyat, 1934-y. Qirgʻizistonga koʻchib borib, 1937-y. 2 avg. da qibsga olingunga qadar, Kirgʻi-ziston Til va yozuv in-ti professori lavozimida ishlaydi.

Polivanov Osiyo va Yevropadagi koʻp xalklar tillarini bilgan. U lingvistik poetika masalalari, syujetlarning bir milliy adabiyotdan ikkinchi milliy adabiyotga koʻchishi, «Manas» eposi va b. folklor asarlari ustida tadqiqot ishlarini olib borgan. 20 dan ziyod kitob va koʻplab maqolalar bilan umu-miy tilshunoslik, yaponshunoslik, xitoyshunoslik va turkiyshunoslik fanlari taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Polivanovning hali eʼlon qilinmagan, ammo saqlanib qolgan merosi orasida Oʻzbekistondagi dialektologik ekspeditsiya materiallarini taʼkidlash joiz. Afsuski, Polivanov qamoqqa olingach, uning barcha qoʻlyozma asarlari olib ketilgan va kuydirib tashlangan («Uzbek tilining tadrijiy tarixi», «Xorazmdagi uzbek shevalarining muxtasar ocherki», «Uzbek tili grammatikasi boʻyicha materiallar», «Uzbek dialektologiyasi boʻyicha materiallar» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x