POLIPLOIDIYA

POLIPLOIDIYA (poli… va yun. eidos — koʻrinish, shakl) — tirik organizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan koʻproq marta oshib ketishi. Bunday hujayra yoki undan rivojlangan organizm poliploid deyiladi. Xromosomalar soni 3-marta oshganida triploid, 4-marta oshganida tetraploid deyiladi. Poliploid organizm otaona organizmga nisbatan yirik va kuchli boʻladi. Poliploidiya oʻsimliklar orasida keng Tap-kalgan; madaniy oʻsimliklar, odatda, poliploid boʻladi. Poliploidiya hayvonlar orasida ayrim qisqichbaqasimonlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, as-karidalarda uchraydi. Sunʼiy Poliploidiya yuqori harorat, nurlanish, kimyoviy moddalar (kolxitsin va b.) taʼsir et-tirib hosil qilinadi. Poliploidiya katta amaliy ahamiyatga ega. Poliploid oʻsimliklar yirik va serhosil boʻladi. Poliploidiyadan oʻsimlik navlari xususiyatini yaxshilash, yirik va serhosil navlar yetishtirishda keng foydalaniladi.

Rus olimi B. L. Astaurov tut ipak qurti ikki xil zotining duragaylaridan serpusht tetraploid zotni yetish-tirgan. Ana shu asosda Astaurov ayrim jinsli hayvonlarning poliploid formalari partenogenez va gibridizatsiya usuli bilan kelib chiqishi mumkinligini amalda isbot qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x