POLIGONOMETRIYA

POLIGONOMETRIYA (yun. polygonos — koʻpburchakli va…metriya) — Yer sir-tidagi nuqtalarning oʻzaro vaziyatini aniqlash usullaridan biri. Serdaraxt va koʻp binoli joylarda triangulyatsiya oʻrniga qoʻllaniladi. Geodezik tayanch shoxobchalarini (q. Geodezik punkt) yasashda qoʻl keladi. Poligonometrik tarmoklar va yurishlarning anikdigi hamda navbatiga qarab, Poligonometriya triangulyatsiya talablariga javob beradigan 4 sinfga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari yordamida topografik syomkalardagi tayanch punktlari tizimi tuziladi va qurilish loyihalari chi-ziladi. Poligonometriyaning tayanch punktlari shu punktlarni birlashtiruvchi toʻgʻri chi-ziklar (poligonometrik yurishlar)ni va ular orasidagi gorizontal burchaklarni oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi. Biror joyda 1, 2, 3,… p, p+h nuqtalarini tanlab olib, ular orasidagi masofa S, S2,… Sn lar, burchak r,, R2,…r„ lar oʻlchanadi. Tanlangan nuqtalar koordi-natalari biror nuqtaning maʼlum di-reksion burchagi an asosida hisobla-nadi. Amalda poligonometrik yurish maʼlum Ri nuqtadan boshlanadi. Koʻpincha, nazorat nuqtasi sifatida koordi-natalari aniqlangan oxirgi poligonometrik nuqta olinadi. Burchaklar, asosan, teodolit yordamida 1»—10» aniklikda, masofa Sj lar invar yoki poʻlat sim (lenta) bilan oʻlchanadi (yoki bazis usulida ham hisoblab topish mumkin), Uzunlik va burchak oʻlchash ishlarini katta hajmda olib borishni talab etishi, ish tamomlangunga qadar oʻlchash aniqligini nazorat qilib boʻlmasligi Poligonometriyaning kamchiligi-dir. Lekin bu usulda bir punktdan faqat ikkita yoʻnalishining koʻrinishi yetarli boʻlgani uchun tayanch punktlari zichligini ixtiyoriy ravishda oshirish mumkin. Poligonometriya usulining bu qulayligi ayniqsa shahar va qishloklarda katta masshtabli syomkalar oʻtkazish ishlarida qoʻl keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x