POLIGON

POLIGON (yun. polygonos — koʻp burchakli) — 1) harbiyda quruqlik yoki dengizning qurol-aslahalar va harbiy texnikani sinash, qoʻshinlar (flot kuchlari)ning jangovar tayyorgarligiga doyr tadbirlarni va taktika bora-sidagi tadqiqotlarni oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan qismi; tajriba uchun va koʻplab ishlab chiqariladigan jangovar qurollarni, qarbiy texnikani sinash hamda qoʻshinlar (flot kuchlari)ni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan i. t. muassasasi; P. doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik) boʻlishi mumkin. Vazi-fasiga koʻra, i. t., oʻquvmashq va z-d P. lariga boʻlinadi. Sinaladigan har-biy vositalar boʻyicha yadro, raketa, artilleriya, zenit, tank, oʻq otish, aviatsiya, Torpedo, muhandislik, avtomobil, aloqa va b. turdagi Poligonlar fark, qilinadi; 2) qurilishda — yigʻma qurilish konstruksiyalari (mas, te-mir-beton panellari) tayyorlash uchun maxsus jihozlangan ochiq maydon. P. jihozlari: beton qorish qurilmalari, beton yotqizgichlar, bugʻlash ka-meralari, koʻtarish kranlari, beton quyish qoliplari va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x