POLIARTRIT

POLIARTRIT (poli… va artrit) — bir necha boʻgʻimlarning bir vaqtda yoki ketma-ket yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik (infeksion nospetsifik — revmatoid Poliartrit) tarzida paydo boʻladi, shuningdek, revmatizm, sepsis, podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy beradi. Kasallikning turiga, organizmning reaksiyasiga, jarayonning ogʻir-yengilligiga koʻra, zardobli, yiringli, nekrotik Poliartrit farq qilinadi. Oʻtkir va surunkali boʻladi.

Oʻtkir Poliartrit 2 ga boʻlinadi: revmatik Poliartrit — bunda boʻgʻimlarning yalligʻlanishi koʻpincha zardobli, fibrinli boʻlib, yalligʻlanish bir boʻgʻimdan ikkinchi boʻgʻimga oʻtadi va mayda boʻgʻimlarga tarqaladi; epidemik Poliartrit — bunda bemor isitmalaydi, quvvatsizlanadi, boʻgʻimlar ogʻriydi, shishadi, terisi qizaradi, oyoq-qoʻl barmoklariga suv chechakdagiga oʻxshash toshmalar toshadi, harakati chegaralanadi.

Surunkali Poliartritga organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, ichki sekretsiya bezlari funksiyasining oʻzgarishi, murtaklarning yalligʻlanishi sabab boʻladi. Poliartritga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi, antibiotiklar, antigistamin preparatlar beriladi, ogʻriq qoldiruvchi vositalar va fizioterapiya qoʻllanadi (yana q. Artrit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x