PLUTONIZM

PLUTONIZM (Pluton — afsonaviy yer osti hukmdori nomidan) — Yer geologik tarixida ichki (endogen) jarayonlar hal qiluvchi rol oʻynaydi degan ilmiy taʼlimot. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida kengtarqalgan. Plutonizm qarashlari sistemasi shotlandiyalik tabiatshunosgeolog J. Gettonning «Yer nazariyasi» kitobida (1788, 1795) ishlab chiqilgan. Uning fikricha, Yer yuzasi va Yer poʻstida sodir boʻladigan barcha oʻzgarishlar fizik va kimyoviy jarayonlar bilan uzviy bogʻliq. Plutonizm quruklik yuzasining suv bilan yuvilib ketishi, dengiz ostida choʻkindi jinslarning paydo boʻlishi, ularning zichlanishi, dengiz suvi qaytgach, yangidan materikning bunyodga kelishini «yerning ichki harorati» (magmatizm va vulkanizm) oqibati, deb hisoblardi. J. Gettonning bu taʼlimoti magma va magmatik togʻ jinslari haqidagi birinchi progressiv tushunchaga asos soldi va oʻsha davrda xukm surgan neptunizm (A. Verner) taʼlimotiga katta zarba berdi. 19-a. boshlarida bazaltlarning vulkandan kelib chiqqanligi va vulkan hamda zil-zilalarda Yer ichki energiyasining ahamiyati aniklandi. Plutonizm tarafdorlari Yer yuzasi tarixida vulkan harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb hisoblaganlar (vulkanizm-katastrofizm tarafdorlari A. Gumboldt va L. Bux ham shu fikrda edilar). «Vulkanistlar» va «plutonistlar»ning ilmiy qarashlari bir-biridan farklansada, ularning har qaysisi Yer tarixida ichki kuchlarning hal qiluvchi rolini tan olganlar va ular orasidagi ilmiy bahslashuvlar geol. fanini rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x