PLEXANOV Georgiy Valentinovich

PLEXANOV Georgiy Valentinovich [1856.29.11 (11.12), Tambov gubernyasi — 1918.30.5, Terloki yaqini, Finlyandiya, hoz. Zelenogorsk, Sankt-Peter-burgda dafn qilingan] — Rossiya va xalqaro sotsial demokratik harakat arbobi, faylasuf. V. I. Lenin tashkil qilgan «Iskra» gaz. ning rahbarlaridan biri. RSDRP 2-syezdidan keyin mensheviklarnnng yetakchilaridan boʻlib qoldi. Bolsheviklarnnnt fiqolarini tanqid qilib, Rossiyada hali inqilobiy vaziyat yetilmagan, deb xisobladi. Fev. inqilobini xayrixohlik bilan kutib oldi. Okt. toʻntarishiga salbiy munosabatda boʻldi. Falsafa, sotsiologiya, estetika, din, shuning-dek, tarix va iqtisodiyotga oid asarlar yezdi. «Tarixga monistik qarashning rivojlanishi masalasiga doyr» (1885), «Materializm tarixi boʻyicha ocherk» (1896), «Tarixda shaxsning roli masalasiga doyr» (1898) kabi falsafiysotsiologik asarlarida tarixni mate-rialistik tushunishni rivojlantirdi, jamiyat hayotini tushunishda dialektik metodni qoʻlladi. «Tarixni yaratuvchi qahramonlar» toʻgʻrisidagi gʻoyani rad etdi, «xalq, butun millat tarix qaxramoni boʻlishi kerak» deb hisobladi. Estetika sohasida realizm mavqeida turdi, sanʼatga ijtimoiy hayotning oʻziga xos shakli sifatida qaradi.

As: Izbrannыye filosofskiye proizvedeniya, t. 1—5, M., 1956—58; Tarixga monistik qarashning rivojlanishi masalasiga doyr, T., 1957; Tarixda shaxsning roli masalasiga doyr, T., 1956.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x