PLAZMIDALAR

PLAZMIDALARhujayra xromosomalari tarkibiga kirmaydigan, sitoplazmada xromosomalar bilan bogʻlanmagan avtonom holatda mavjud boʻlgan doimiy genetik elementlar. «Plazmidalar» terminini J. Lederberger va b. (1952) taklif etgan. Xromosomalar bilan birika oladigan Plazmidalar episomalar deyiladi. Bakteriya hujayralari Plazmidalari yaxshi oʻrganilgan. Plazmidalar bakteriyalarida jinsiy belgini tashish (F — omil) va ularning antibiotiklarga chidamliligini belgilashda (R — omil) katta ahamiyatga ega. Bu omillarni oʻzida saqlovchi P. bir bakteriyadan ikkinchisiga oʻtib, ularning xususiyatlarini oʻzgartiradi. Plazmidalar halqasimon DNK molekulasidan tashkil topgan boʻlib, tabiatda keng tarqalgan. Plazmidalardan genetik injeneriyada rekombinant DNK mo-lekulalarini boshqa hujayralarga ki-ritishda tashuvchi sifatida, bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligini bartaraf etish yoʻllarini ishlab chiqishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x