PLAZMA METALLURGIYASI

PLAZMA METALLURGIYASI — metall va krtishmalarni plazma gaz reaktorlari va plazma pechlarida olish hamda qayta ishlash, plazmali qizdirish usulidan foydalanish. 20-a. 50-y. laridan rivojlana boshlagan. Rudalar plazmada qayta ishlanadi; bunda ular yo plazma oqimiga kukun holida purkaladi yoki elektr oʻtkazuvchi material bilan aralashma hosil qiladi. Poʻlat va qotishmalar plazmali yoyli pechlarda eritiladi. Plazma metallurgiyasida turlicha eritish jarayonlari amalga oshiriladi: metallni inert gazlar muhitida qayta eritish; metallni plazmavodorod b-n oksidlab yoki azot bilan toʻyintirib qay-ta eritish; shlak bilan plazma-yoy yorda-mida qayta eritish; domna va marten pechlarida yordamchi issiklik manbai sifatida plazmotron qurilmasidan foydalanish mumkin (q. Metallurgiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x