PLANKTON

PLANKTON (lot. planktos — sayr qiluvchi) — suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. Plankton tarkibiga oʻsimliklar (fitoplankton), bakteriyalar (bakte-rioplankton), hayvonlar (zooplankton) kiradi. Qoʻl P. i limnoplankton, dare Planktoni potamoplankton deb ataladi. Fitoplankton suvning fotosintez qilish uchun zarur yuqori (50—100 m gacha) katlamida, bakterio – va zooplankton suvning barcha katlamida uchraydi. Dengiz fitoplaktoni, asosan, di-atom suvoʻtlar, peridiniyalar, kolito-forid xivchinlilardan, chuchuk suv fitoplaktoni diatom, koʻkyashil va ayrim yashil suvoʻtlardan iborat. Chuchuk suv zooplanktonida kurakoyokli va shoxdor moʻylovli qisqichbaqasimonlar, ogʻizaylangichlar, bir hujayralilar; dengiz zooplanktonida har xil qisqichbaqasimonlar, bir hujayralilar, boʻshliqichlilar, taroklilar, baliklar tuxumi va linchinkasi, umurtqasiz hayvonlar lichinkasi koʻp boʻladi. Oʻlchamiga binoan, Plankton nannoplakton (bakteriyalar, juda mayda suvoʻtlar), mikroplankton (suvoʻtlar, bir hujay-rali hayvonlar, ogʻizaylangichlar, har xil lichinkalar), mezoplankton (oʻlcha-mi 1 sm gacha boʻlgan qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlar), makroplanktonlar (oʻlchami 1 sm dan bir necha sm gacha boʻlgan mizidlar, krevetkalar, medu-zalar), megaplankton (yirik hayvonlar, mas, qutb meduzasi — diametri 2 m gacha; zuxro kamari uz. 1,5 m gacha) ajratiladi. Koʻpchilik Plankton organizmlarda suvda qalqib yurish uchun gavda nisbiy ogʻirligini kamaytiruvchi (havo pufaklari, yogʻ kiritmalari, gʻovak va liqil-doqtana), gavda yuzasini kengaytiruvchi (gavdaning yassi boʻlishi, turli xil oʻsimtalar) moslanishlar paydo boʻlgan. Okean fitoplanktoni umumiy massasi (550 mlrd. tonna) zooplanktonga nisbatan 10-marta koʻproq. Fitoplankton zooplankton uchun oziq, suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi (yana q. Bentos).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x