PLAFON

PLAFON (frans. plafond — shift) — 1) tasvir, naqsh va boʻrtma tasvir bilan bezatilgan shift;

2) bino shifti (yassi, gumbaz, toqi)ni syujetli yoki naqsh va tasvir bilan bezatgan monumental rangtasvir va xaykaltaroshlik asari. Tasvir toʻgʻridan-toʻgʻri suvoqqa (freska, moyboʻyoq, yelimboʻyoq, sintetik boʻyoqlar va b. usulida), shiftga mustahkamlangan matoga (panno) ishlanadi, mozaika va b. usulda bajariladi. P. Qad. Misrdan maʼlum boʻlgan, Uygʻonish davrida rassomlar Rafael, Mikelanjelo va b. uning mumtoz namunalarini yaratgan. Cherkov va hashamatli saroy binolarining bezak boʻlagi sifatida 17—19-a. boshlari Yevropa sanʼatida keng tarqalgan;

3) bino, kupe, kayuta, samolyot saloni shifti (baʼzan devori)ga oʻrna-tilgan elektr chirogʻi armaturasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x