PITEKANTROPLAR

PITEKANTROPLAR (yun. pithekos maymun va anthropos — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxm. 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890—92 y. larda golland olimi E. Dyubua Yava o. dagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqogʻi, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973-y. da suyak boʻlaklari, pastki jagʻ, son suyagi parchalari va 20 ga yaqin alohida tishlar to-pilgan. Pitekantroplar bosh miya qopqogʻi shakli va kattaligiga koʻra odam va odamsimon maymun oraligʻida turadi. Pitekantroplarning miya hajmi 900 sm3 ga yaqin (gorillaniki 500 sm3, hoz. zamon odamlarida oʻrtacha 1400 sm3). Uning peshonasi nishab boʻlib, shimpanzenikiga oʻxshaydi.

Pitekantroplarning topilishi antropologiyat. mu-him voqea boʻldi. Pitekantroplar qoʻlda murakkab harakatlar bajarishgan va podapoda boʻlib yashagan. Qoʻlda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, poda-poda boʻlib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x