PISKOM

PISKOMToshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng bosh irmogʻi. Maydontol tizmasining shim. yon bagʻridan oqib tushadigan Maydontol va Piskom tizmasining shim.-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushadigan Oygay-ing soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, shim.-sharqdan jan.-gʻarb tomon oqadi va Chorvoq soyligiga kelganda Chatqol daryosi bilan qoʻshilib, Chirchiq daryosini hosil qiladi. Uz. 70 km, havzasining mayd. 2840 km2.

Piskom bosh qismida chuqur togʻ vodiysida toshlar orasidan, soʻngra terrasali keng vodiyda oqadi. Piskomning havzasi ancha baland (oʻrtacha bal. 2645 m) boʻlib, unda umumiy mayd. 130 km2ga yaqin 140 dan ortiq kichik muzlik bor. P. qor-muzlik suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 82 m3/sek. Yillik oqimning 47% mart — iyun, 38% iyulsent., qolgan 15% esa okt. — fev. oylarida oqib oʻtadi. Suvi martdan kupaya boshlaydi, iyun—iyulda eng koʻp, yanv. —fev. da esa eng kam boʻladi. Eng koʻp suv sarfi 700 m3/sek. va undan ortiq, eng kam suv sarfi 10 m3/sek. gacha. Piskom ancha loyqa daryo (har 1 m3 suvida oʻrtacha hisobda 200 g loyqa boʻladi). Piskomga 40 dan ortiq soy va jilgʻalar kelib qoʻshiladi. Ulardan eng yiriklari: Ixnachsoy, Qoraqizsoy, Teparsoy, Aksarsoy va Novalisoy.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x