PISISTRAT

PISISTRAT (? – mil. av. 527) – afinalik tiran (hokim). 560-y. dan 527-y. gacha (tanaffuslar b-n) hokimlik qilgan. Dehqonlar va savdo-hunarmandlar tabaqasi manfaati yoʻlida islohotlar oʻtkazgan (yevpatriylardan musodara qilingan yerlarni qishloq kambagʻallariga boʻlib berilishi, davlat tangalarini (P. tetradraxmasi) zarb qilinishi, urush nogironlariga davlat nafaqasi belgilanishi va b.). Yollanma qoʻshin tuzgan, jamoat insho-otlari (bozor, vodoprovod, Pirey gavani, ibodatxonalar va b.) qurilishini tashkil etgan. Pisistrat davrida Afina Yunonistonning madaniy markaziga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x