PIROMETALLURGIYA

PIROMETALLURGIYA (yun. rug – olov, ano — yuqori va metallurgiya) — metall va metall qotishmalarini yuqori (800—2200°) t-rada olish xamda tozalash jarayonlari majmui. Metal-lurgiyanij asosiy va qad. usullaridan biri. 19-a. oxiri va 20-a. boshlaridan past t-rada metall olish jarayonlari majmui — gidrometallurgiya rivojlan-di, lekin Pirometallurgiya ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. Pirometallurgiya jarayonlari pishirish, eri-tish, konverterlash, rafinatsiyalash, distillash kabi usullarga boʻlinadi. Pishirish — turli gazlar muxitida materialga yuqori t-ra sharoitida ishlov berish (material qattiq hola-tini saqlaydi); bu jarayon turlicha pechlarda oʻtadi. Eritish — shixtani toʻla eritib, uni 2 qatlam (metall va shlak yoki metall va shteyn)ga ajratish; shaxta pechlar, qaytargich pechlari, elektr pechlar va b. da boradi. Konverterlash — eritishning bir turi; bunda erigan materiallar (choʻyan, shteyn) va xom ashyolar (lom, konsent-ratlar)ga havo yoki kislorod puflanadi. Rafinatsiyalash — erigan xomaki metallarni qoʻshimchalar (tuzlar, ishqorlar, metallar) va b. yordamida ishlash. Distillash — kaytariladigan metallarni bugʻ holatiga kelti-rib, soʻngra kondensirlash. Rotorli pechlar (rux olishda), shaxta pechlari (qoʻrgʻoshin, qalay va b. olishda) va b. da qoʻllaniladi.

Ad.: Mirboboyev V. A., Vasilyev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x