PIRILDOQ

PIRILDOQ, bizbizak — oʻz oʻqi atrofida tez aylanadigan moslama, oʻyinchoq. Qoʻl kuchi, shamol, prujina yoki ip yordamida aylantirib yuboriladi. Pirildoq aylantirib yuborilganda ogʻsa ogʻadiki, yiqilmaydi. Pirildoqning ishi bevosita inersiya qonuniga bogliq. Uning har bir zarrasi aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan aylana boʻylab hara-kat qiladi. Har bir zarra aylanish oʻqiga perpendikulyar tekislikda qoladigan tarzda harakat qilishga intiladi. Shuning uchun Pirildoq yiqilmaydi. Tugma teshiklaridan ip oʻtkazib, ipning ikki uchini barmoqlarga kiygizgan holda ipni goh taranglab, goh boʻshashtirib oʻynaladigan Pirildoq bizbizak deb ataladi. Pirildoq ningxususiyatlaridan texnikida keng foydalaniladi. Kemalar, samolyotlar, kosmik apparatlarga Pirildoq xossasiga asoslangan har xil asboblar, giroskop, kompas va stabilizatorlar oʻrnatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x