PERIODONTIT

PERIODONTIT (peri… va yun. odontos — tish) , peritsementit — tish ildizi atrofidagi toʻqimalar (peri-odont) ning yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra, infeksion va noinfeksi-on boʻladi. Infeksion Periodontit koʻp uch-raydi. Infeksiya periodontga turli yoʻllar: ildiz kanali, ildiz milki, chirigan tish (kariyes) orqali tushadi. Noinfeksion Periodontit dori, kimyoviy moddalarning periodont yorigʻiga tushishi, periodontning mexanik shikastlanishi (zarb, qattiq narsalarni tishlash, koronkaning sinishi va h. k.) natijasida yuzaga keladi.

Oʻtkir va surunkali Periodontit farq qilinadi. Oʻtkir Periodontit bir necha soat davomida paydo boʻladi. Tish oʻsib ketganday tuyulib, loʻqillab ogʻriydi. Yiring toʻplanib, milk shishadi. Koʻpincha, shish limfa tugunlariga xam tarqala-di, baʼzan t-ra koʻtariladi. Surunkali Periodontit yopiqjarayon sifatida oʻtadi, ogʻizdan qoʻlansa hid keladi, tish za-rarlanganda, kishi sovqotganda ogʻriq paydo boʻladi. Baʼzan granulyoma hosil boʻlib, oʻsmaga aylanadi. Bemor muta-xassis vrach nazoratida davolanadi. Ogʻriq qoldirish maqsadida ogʻiz shalfey qaynatmasi bilan chayiladi. Periodontitning oldini olish uchun chirigan tishlar, ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarini oʻz vaqtida davolash lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x