PELAGIAL

PELAGIAL (yun. pelagos — dengiz) — dengiz, okean va koʻllarda suvning tirik organizmlar yashaydigan qatlami (suv tubidan boshlab suv yuzasigacha); bental (suv tubi) tushunchasining aksi. Pelagialda yashovchi organizmlar plankton, nekton (faol suzadigan organizmlar), neyston (suv yuzasida yashaydigan organizmlar) guruhlarga boʻlinadi. Dengiz va okeanlarda Pelagial qatlamni ham yashash sharoiti va organizm tarkibi boʻyicha bir necha zonaga boʻlish mumkin. Tari-xiy rivojlanish davomida Pelagial organizmlarda yashash sharoitiga nisbatan turlicha moslanishlar paydo boʻlgan. Mac, suvoʻtlar va sifonoforalarning gaz toʻldirilgan pufaklari, meduzalarning suvga boy liqildoq gavdasi, koʻpchilik mikroskopik organizmlarning gavda yuzasini kengaytirishga imkon beradigan oʻsimtalari neyston, baliklar va boshoyokli mollyuskalarning suzgichlari va gavdasining suyri shakli nekton organizmlar uchun xos. Pelagial oʻsimliklar (fitoplankton) okeanda organik moddaning asosiy qismini hosil qiladi. Halok boʻladigan diatom suvoʻtlar, bir hujayrali qayvonlar (nurlilar, foraminiferalar va b.) dengiz tubida choʻkma jinslar hosil boʻlishida katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x