PELAGIAL YOTQIZIKLAR

PELAGIAL YOTQIZIKLARochiq dengiz va okeanlar tubida qirgʻoqsan ancha uzokda juda mayda muallaq zarralarningtoʻplanib borishidan vujudga keluvchi yotqiziklar. «Pelagial yotqiziklar» terminini 1891-y. da geologlardan Merrey va Renarlar taklif etgan. Pelagial yotqiziklar tarkibiga plankton mikroorganizmlarning skeletlari, mayda zarrali terrigen va vulkanogen materiallar, yangitdan hosil boʻlgan autigen minerallar (Gʻye — Mp konkretsiyalari, seolitlar, montmorillonit), kosmik chang kiradi. Pelagial yotqiziklar orasida biogen turlari (dia-tomli, radiolyariyli, foramineferali, pteropodali, kokkolitli) va poligen choʻkindilar (qizil gillar) keng tarqalgan boʻlib, ular birgalikda Dunyo okeani tubining aksariyat qismini qoplab yotadi. Pelagial yotqiziklar okean yotqiziklarining eng xarakterli va keng tarqalgan turi. Barcha Pelagial yotqiziklar uchun juda sust choʻkin-di hosil boʻlish tezligi va choʻkindilarning oksidlanganligi xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x