PAXTA

PAXTA, chigitli paxta — gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) aj-ratib olinadi. Shuning uchun butun du-nyoda Paxta tolaning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxonalarida qoʻlla-niladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda Paxtani kayta ishlash va tolani tozalash jarayonida ulik (pishib yetilmagan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta Paxta momigʻi (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. Paxtada 30 — 35% tola va 50—55% chigit (chigitida 24—29% moy), 2—3% ulik tola, 3 — 5% kalta momiq boʻladi. Gʻoʻzaning se-leksion navi va tolaning yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab Paxta, oʻrta tolali va uzun tolali turlarga boʻlinadi. Paxta qoʻlda va mashina bilan teriladi. Paxta tolasining pishib yetilganlik koeffitsiyenta va tashki koʻrinishi, rangi boʻyicha 5 sanoat naviga va iflos aralashmalarning mikdori hamda na-mligiga qarab 3 sinfga boʻlinadi.

Paxta navi tashqi koʻrinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli boʻlmasa, lab. usulida pishib yetilganlik koeffitsiyenti boʻyicha aniqlanadi.

Toʻqimachilik, yogʻmoy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi (q. Paxta tolasi).

Vohid Rakipov, Umar Azizxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x