PATISSON

PATISSON (Cucurbita pepo var. patisson) , kulcha qovoqqovoqdoshlar oilasiga, qatgiq etli qovokdar guruhiga mansub biryillik sabzavot oʻsimligi. Patisson palagi tik, butasimon sershox oʻsimlik. Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi va barg bandlari nisbatan yoʻgʻon. Barglari oʻrtacha kattalikda, dagʻal, 3 yoki 5 qirrali. Gullari bir uyli, bir jinsli, yirik, rangi sariq, poyalarda yakkayakka joylashadi. Mevasi — qovoqcha, mayda, shakli yulduzeimon. Chetlari kun-gurali. Yangi tukkan mevalari rangi och yashil, meva katta boʻlgan sari rangi oqarib, ayrim mevalar yuzasida och yashil dogʻlar yoki tasmalar paydo boʻlishi mumkin. Ularning 6—8 kunlik mevasi isteʼmol qilinadi. Patisson is-siqtalab oʻsimlik. Patisson apr. oyida qator va tup oraligʻi 70×70 yoki 80×80 sm sxemada ekiladi. Har bir uyaga 4—5 tadan urugʻ ekilib, nihol unib chiqqach, chin barg yozganda yagana qilinadi. Oʻsuv davrida qator oralari yum-shatiladi, oziklantiriladi va sugʻoriladi. Patisson suvga talabchan. Oshqovoq kabi parvarish qilinadi. Meva tarkibida 6,0—6,5% quruq modda, 2,5 — 2,9% qand va vitaminlar mavjud. Urugʻida moy va santanin bor. Hosildorligi 150—200 s/ra. Asosan, tuzlangan, konservalangan (6—8 kunlik mevasi) holda isteʼmol qilinadi, katta boʻlib ketganlari molga beriladi. Oʻzbekistonda 1988-y. dan Patissonning Oq 13 navi ekiladi. Uning hosildorligi 110—159 s/ga.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x