PARODONTOZ

PARODONTOZ (para… va yun. odontos — tish) , alveolyar pioreyatish atrofidagi toʻqimalar (parodont) ning surunkali yalligʻlanishi, alveolyar oʻsimtalar (tish katakchalari) atrofiyalanadi va oqibatda tishlar qimirlab tushib ketadi. Oʻrta va katta yoshdagi kishilar, baʼzan yoshlar, hatto bolalarda ham uchraydi. P: parodont to-mirlari va nervlarining buzilishi yoki kasallanishi natijasida tish atrofidagi toʻqimalarning qon b-n yetarli taʼminlanmasligi oqibatida vu-judga keladi. Kasallangan tishlarni olib tashlagandan keyin qolgan tishlarga ovqat chaynaganda zoʻr kelishi, tishda tosh yigʻilishi, tishni toʻgʻri parvarish qilmaslik, notoʻgʻri tishlash, yasama tishlarni toʻgʻri qoʻymaslik, shuningdek, organizmning umu-miy kasalliklari Parodontozga sabab boʻlishi mumkin. Parodontozda tishning suyak toʻqimasi asta-sekin soʻriladi, tishlar qimirlab qoladi, baʼzan milk yalligʻlanib shi-shadi, qonaydi, ogʻizdan qoʻllansa hid keladi. Parodontozda milkda yiringli pilla hosil boʻladi. Kasallikning oldi olinmasa, milk yalligʻlanadi (gingivit), koʻrinishidan sogʻlom tish asta-sekin kimirlab tushib ketadi. Parodontoz natijasida ovkat chaynash va hazm qilish buziladi. Bemorga individual va kompleks davo kilinadi. Parodontozda stomatolog vrach kursatmalariga qatʼiy rioya kilish kerak.

Parodontozning oldini olishda kundalik ovqat turi va tarkibi muhim ahamiyatga ega; qattiq ovqatlar milkni tabiiy massaj qiladi va yumshoq tish katlamlaridan tozalaydi. Ovqatdan keyin meva va sabzavotlar (sabzi, olma va b.) yeb turish foydali.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x