PARAMETR (yun. parametron — oʻlchaydigan) — 1) matematik formula va ifodalarda qoʻllaniladigan kattalik. Parametr qiymatlari orqali biror toʻplam elementlari bir-biridan farklanadi.
2) texnikada — texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va b. ning biror xossasini ifodalaydigan kattalik. Mas, mexanik tizimlarda massa, ishqalanish koeffitsiyenti, inersiya momenti va h. k.