PANZOOTIYA

PANZOOTIYA (pan… va yun. zoon — hayvon) — hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasallikning gʻoyat tez va keng tarqalishi. Panzootiyada yuqumli kasallik bir yoki bir necha mamlakatda, butun qitʼada keng tarqalib, deyarli hamma hayvon kasallanadi. Oqsil kasalligi, oʻlat va b. shunday kasalliklardan. Bu kasalliklar tez yuqadi, inkubatsiya davri qisqa, kasal hayvon tuzalgandan keyin kuchli immunitet hosil boʻlmaydi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar, birinchi navbatda, xoʻjaliklarning mamlakat ichida va oʻzaro tez-tez aloqada boʻlib turishi, shuningdek, mol boqish sharoitining oʻzgarishi Panzootiya rivojlanishiga maʼlum darajada sabab boʻladi. Panzootiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish kasalliklar qay darajada oʻrganilganligiga, diagnostikaning samarali usullariga va profilaktikaning oʻziga xos vositalari, shuningdek, epizo-otik tadbirlarning toʻla amalga oshirilishiga bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x